
Urugvay va Janubiy Koreya irodali tarzda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
Argentinada o‘tkazilayotgan kichik mundialning nimchorak final bahslari o‘z nihoyasiga etdi. So‘nggi ikki uchrashuvda Gambiya - Urugvay va Ekvador - Janubiya Koreya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Gambiya Urugvayga kichik 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Gol 65-daqiqada Duarte tomonidan kiritildi. Shuningdek, mazkur bahs keskin kurashlarga boy o‘tdi. Hakam ikkala jamoadan ham bittadan futbolchini maydondan chetlatdi.
Shu tariqa, Urugvay Gambiya to‘sig‘idan o‘tib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Jamoa chorak finalda AQShga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
Gollarga boy o‘tgan Ekvador - Janubiy Koreya uchrashuvida qit’adoshlarimizning qo‘li baland keldi.
Dastlab, 11-daqiqada Li jamoasini oldinga olib chiqdi. Bae esa oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Taym so‘nggida Chol ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Kuero va Gonzales javob gollarini urdi.
Janubiya Koreya chorak finalda Nigeriya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar