
Urugvayga qarshi bellashuvni Braziliyaning etakchisi o‘tkazib yuboradi
"Kopa Amerika"ning 3-turidan o‘rin olgan Braziliya - Kolumbiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.
Dastlab, Rafinya jarima zarbasidan hisobni ochgan bo‘lsa, Munos taym so‘nggida imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Braziliya "D" guruhida ikkinchi, Kolumbiya esa peshqadam sifatida pley-offga yo‘l oldi.
Qayd etish lozim, "pentakampeonlar" turnirning chorak finalida Urugvayga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuvni termaning etakchilaridan biri hisoblangan Vinisius Junior sariq kartochkalari bois o‘tkazib yuboradi.
Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan 7 iyul kuni tongda soat 06:00da start oladi.
Fikrlar