
Usain Bolt Jahon chempionatida kimga muxlislik qiladi?
Engil atletika bo‘yicha Olimpiada chempioni Useyn Bolt Qatar mezbonligida o‘tayotgan Jahon chempionatida kimga muxlislik qilishini aytdi.
"Argentina - mening jamoam. Ularni qo‘llab-quvvatlayman. Frantsiya va Braziliya argentinaliklar kabi jahon chempioni bo‘lish uchun asosiy da’vogarlardan.
Ammo umid qilamanki, "albiseleste" yakunda bosh sovringa ega chiqadi",-dedi 8 karra Olimpiada g‘olibi.
Ma’lumot uchun, Bolt aytgan jamoalarning barchasi pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan.
Fikrlar