Usmon Nurmagomedov Alfi Devisning oilasidan nega kechirim so'radi?
Yengil vaznda PFL chempioni Usmon Nurmagomedov bo‘lajak raqibi Alfi Devisning oilasiga murojaat qildi.
"Menimcha, Devisning muxlislari ko‘p emas, biroq uning oilasi bu yerda ekanini bilaman. Men ulardan shunchaki kechirim so‘ramoqchiman. Bu kamar men bilan uzoq vaqt qoladi. Siz qanchalik kuchli va matonatli bo‘lman, menga qarshi jangdan muvaffaqiyatga erisha olmaysiz", - deya rossiyalikning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Usmon avvalgi jangida irlandiyalik Pol Hyuzni hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub etgandi.
Fikrlar