Uyga qaytgan Sardor Mirzaev keyingi rejalarini ma’lum qildi

  • 23 aprel, 2021, 22:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tailandning “Muangtong Yunayted” jamoasida to‘p surgan hamyurtimiz Sardor Mirzaev yaqinda yurtimizga qaytdi.

Tecno

Aytish kerakki, yakuniga etgan mavsumda Mirzaev jamoasi bilan 7-o‘rinni egalladi. U Tailand chempionatida 26 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va Kubok bahsida ham o‘z hisobiga bitta gol yozib qo‘ydi.

Legionerimiz Tailanddagi chempionat yakuniga etgach, uyiga qaytdi va hozirda hordiq chiqarmoqda. Futbolchining sports.uzga ma’lum qilishicha, Ramazon oyidan keyin yana Tailandga qaytib ketishini aytdi.

“Muangtong Yunayted” Sardor bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. O‘z navbatida, u erdagi sharoit ham futbolchimizni qoniqtirmoqda. Shu sababli, Mirzaev Tailandga qaytgach, klubi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!