"Uzbek Tigers" bugun kubalik bokschilarni sinovdan o‘tkazadi
Xabaringiz bor, bugun “Uzbek Tigers” jamoasi Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruhdagi ikkinchi uchrashuvini Toshkentda amaldagi vitse-chempion Kubaning “Cuba Domadores” bokschilari bilan kuch sinashadi.
Janglar “Universal” sport saroyida soat 19:00da start oladi. Ringga chiqadigan bokschilar bilan tanishing.
“Uzbek Tigers” – “Domadores de Cuba”
49 kg: Hasanboy Do‘smatov – Joyannis Oskar Argilagos
56 kg: Shahobiddin Zoirov – Robeysi Ramires
64 kg: Iqboljon Xoldorov – Andi Kruz Gomes
75 kg: Isroil Madrimov – Arlen Lopes
91 kg: Sanjar Tursunov – Erislandi Savon
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning Kubadagi to‘qnashuvida mezbonlar yirik 5:0 hisobida zafar quchgan edi. Shuningdek, "Uzbek Tigers" navbatdagi jangini ham Toshkentda o‘tkazadi. Unda bokschilarimiz Kolumbiyaning "Colombia Heroicos" jamoasi bilan kuch sinashadi. Jang 1 may kuni "Universal" sport saroyida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar