Uzoq kutilgan kun! Bugun Ronaldu va Messi maydonda to‘qnash keladi

  • 19 yanvar, 2023, 08:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "Pari Sen-Jermen" jamoasi Ar-Riyod yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Shou sifatida tashkil etilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvida parijliklar "Al-Nassr" hamda "Al-Hilol" klublarining etakchi futbolchilaridan tuzilgan tarkib bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Riyodliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu sardor sifatida jamoani maydonga boshlab tushadi. Avvalroq, bahs qaydnomasi e’lon qilingandi.

Ronaldu va Messi so‘nggi bor 2020 yilning 9 dekabrida to‘qnash kelgandi. O‘shanda Krishtianu "Yuventus", Messi "Barselona" sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!