
Va nihoyat, "Lokomotiv" mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston Superligasi 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettirilmoqda. Bugun "Surxon" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi. O‘yin mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bellashuv taqdirini tezkor gol hal etdi. "Temiryo‘lchilar" futbolchisi Diyorjon Turopov tomonidan 10-daqiqada kiritilgan gol yagonaligini saqlab qoldi.
Shu tariqa, poytaxtliklar joriy mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi va ochkolari sonini 5 taga etkazib oldi. O‘z uyida imkoniyatni boy bergan "Surxon" hisobida 4 ochko mavjud.
Fikrlar