
Vadim Abramov: "Bunyodkor" yangi mavsumda akademiya tarbiyalanuvchilarining xizmatlariga tayanadi
Uchrashuvda «Bunyodkor»ning yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan yig‘inlar, mavsum oldida klub oldga qo‘yilayotgan vazifalar, rejalar haqida so‘z yuritildi.
Jumladan "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Vadim Abramov jamoa yangi mavsumda asosan yosh futbolchilarga e’tibor qaratishini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
"Jamoaga yangi tanlanganimda klubning maqsadi yosh futbolchilarga e’tibor qaratish va ularga ko‘proq imkoniyat yaratib berish lozimligi aytilgan edi. O‘tgan davr mobaynida bir qator o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazdik hamda e’tiborimizni klub tarbiyalanuvchilariga qaratdik.
Bugungi tarkibga e’tibor bersangiz, ko‘pchiligi «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvchilari, ayrimlari o‘tgan mavsumda o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynagan va hali katta futboldan nafas olmagan futbolchilar hisoblanadi. Murabbiylar shtabi yangi mavsumda ushbu futbolchilar bilan chiroyli o‘yin ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilishga, rahbariyat hamda homiylar ishonchini oqlashga harakat qilamiz", - dedi Abramov.
Fikrlar