Vadim Abramov: natija adolatli

  • 27.08.2019 02:15
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

Superliga 18-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Lokomotiv» (1:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- «Lokomotiv» safida tajribali o‘yinchilar to‘p suradi. Bizning yigitlar ancha yosh. Bugun bizning futbolchilar raqibning tajribali o‘yinchilariga nisbatan haddan tashqari hurmat bilan munosabatda bo‘lishdi. O‘tkazib yuborilgan gol ham o‘zimizning xato evaziga bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga harakat qilgan bo‘lsakda, rejamiz amalga oshmadi. Durang adolatli natija deb hisoblayman. Qaysidir ma’noda biz bugun g‘alaba uchun o‘ynay olmadik. «Nasaf» bilan o‘yinda qarshi hujumlarda gol o‘tkazib yuborgan edik. Bugun yigitlar tajribali o‘yinchilarni qarshi hujumda o‘tkazib yuborishdan qo‘rqishdi chog‘i, hujumga o‘tishda faollik past bo‘ldi. Qolaversa, bugun tajribali Lutfulla To‘raevning yo‘qligi ham bilindi. Aytishim kerak, biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsata olmadik, - dedi murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
27/08/2019 09:24
Siz haqiqatdan kuchli murabbiysiz lekin. bunday tan oling. Nasaf Lokadan kura kuchli uynadiki. birinchi taym. kuz ochkani quymadiki. kechaki uyinni kurdim ikkala kamanda ham kuchli uynamadi. loka sahal qaysider jabhaga kuchli uynadi. Bunyotkor yoshla deymizu lekin 11 uyinchidan. 5tasi mahoratli uyinchilarki. Loka Nasaf bilan uyinga faqat tajriba va omadgena tufayli yutdi. uyin buyicha lekin. Nasafka manimcha hozir Pahtakor bas kelsa kerak.