Vadim Abramov terma jamoaning o‘zgartirib bo‘lmas o‘yinchisi kimligini aytdi

  • 25 noyabr, 2020, 10:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Futbol plyus”ga bergan intervyusida qaysi futbolchi jamoa uchun muhim ekanini aytib o‘tdi.

Tecno

Bosh murabbiy har bir jamoada o‘zining etakchi futbolchisi bo‘lishini, milliy termada bu vazifani Odil Ahmedov bajarayotganini alohida ta’kidladi.

- Etakchisi bor jamoa – yaxshi jamoa. Bizning terma jamoada shunday o‘yinchi Odil Ahmedov, deb hisoblayman. U biz uchun o‘ta muhim futbolchi.  Uning maydonda borligi yosh futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini his qilishiga yordam beradi, - dedi Abramov.

Shuningdek, bosh murabbiy terma jamoa kiyim almashtirish xonasida barcha mas’uliyat o‘zining  zimmasida ekanini tan oldi va bu borada Odil Ahmedovning yordamiga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi.

6161547048571

Vadim Abramov ikkinchi marotaba milliy jamoaga ustozlik qilyapti. Dastlab, 2010-2012 yillar mamlakatimiz bosh jamoasini boshqargan mutaxassis 2019 yilda yana bosh murabbiylikka qaytarildi.

Odil Ahmedov esa O‘zbekiston milliy terma jamoasida 2007 yildan buyon to‘p surmoqda. U jami 105 uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 20 marta aniq nishonga olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Nafas Ochilov
25/11/2020 12:22
Алмаштириб булмас футболчи Лутфулло Тураев эмасми
Baxil Alihuja
25/11/2020 11:50
Одилда командани уз ортидан эргаштириш хислати ЙУК! Узини сардор деб уйламайди. узгартириб булмайдиган уйинчи деб кийшикоёк сергеевни этади деб уйлагандим. Чунки бу латта шармандаси чиккан булса хам, халиям уялмай юрганига хайронман.
&
Fk navbahor
25/11/2020 10:03
Men o'ylamanki Lutti turaev dermikin dep
ZAFAR 99705
25/11/2020 17:50
Eeeeeeee gap yoq fikrlaringga qoyil daxshatu topib gapirdlaring lekin ammo odil xaqifa notogri gapirdlaring sergeev lutfilla firt betayin