Vakillarimizning Butunjahon yozgi maxsus Olimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki yakunlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hamyurtlarimiz BAAning Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan aqliy rivojlanishi sust bo‘lganlar o‘rtasidagi butunjahon yozgi maxsus Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdi. MOQning ma’lum qilishicha, musobaqaning so‘nggi kun bellashuvlari ham terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi. Unda sportchilarimiz 5 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishdi.
Kamila Rajapova (badiiy gimnastika) 2 ta kumush, 2 ta bronza
Lola Qo‘chqorova (badiiy gimnastika) 3 ta oltin, 1 ta kumush
Madina Mahmudova (badiiy gimnastika) 1 ta oltin, 1 ta bronza
Mohinabonu To‘laganova (badiiy gimnastika) 1 ta oltin, 2 ta bronza
Bahodir Nasriddinov (dzyudo) 1 ta kumush

O‘zbekiston delegatsiyasi joriy musobaqada 14 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, Butunjahon yozgi maxsus Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!