
Valeriy Masalitin (sobiq futbolchi) TsSKA hujum chizig‘ini tanqid qildi
TsSKAning sobiq rossiyalik hujumchisi Valeriy Masalitin jamoaning hozirgi o‘yini haqida gapirayptib, hujum chizig‘ini tanqid qildi.
— Sizcha, TsSKAning qaysi chiziqlari etarli darajada emas?
— Hujumchilar ishonchsiz harakat qilishmoqda. Ular o‘zaro hech qanday muvofiqlikka ega emas! Evropaning kuchli jamoalarida hujumchilar qanday hamkorlik qilishini ko‘p bor ko‘rganmiz: ular bir-birini his qilib, to‘ldirib borishlari shart.
Rossiyada esa bunga eng yaxshi misollardan biri — Azmun va Dzyuba. Ular juda zo‘r tushunishardi va natijada ko‘p gol urishardi.
Albatta, shunday tandem TsSKAda ham bo‘lishini juda istardim. Hujumchilar va butun jamoa Nikolich qurmoqchi bo‘layotgan romb tizimida faol ishtirok etishi kerak, – dedi TsSKAning sobiq futbolchisi.
Fikrlar