Valverde "Siti"ga qarshi o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Abduqodir Husanovga esa baho berilmadi!

  • 12.03.2026 13:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" yarim himoyachisi Federico Valverde Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o‘yin (3:0) yakunlariga ko‘ra eng yuqori baho oldi.

"Marca" nashri xet-trik muallifiga to‘rt yulduz berdi. "Real" tarkibida Tibo Kurtua, Orelien Tchuameni va murabbiy Alvaro Arbeloa uch yulduz bilan baholandi. Vinisius Zhunior esa ikki yulduz oldi.

"Manchester Siti" safida eng yuqori baho Bernardu Silva, Antuan Semenyo va Jeremi Dokuга berildi — ularning har biri ikki yulduzdan oldi. Jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardiola esa bir yulduz bilan baholandi.

Erling Holand (82 daqiqa), Abduqodir Xusanov (butun o‘yin) va Savinyo (45 daqiqa) esa baho olmadi — ularning yonida tire qo‘yilgan.

adabe975a4576888da93586f2960b.webp?f=webp&q=90&s=2x&w=730

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!