Van Deyk: "Biz bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topishimiz shart"

  • 01.11.2025 16:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jamoaning so‘nggi muvaffaqiyatsiz natijalari haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, mersisaydliklar oxirgi 7 ta uchrashuvning 6 tasida mag‘lub bo‘lishgan.

Tecno

"Oxirgi paytda nimalar bo‘lganini menga aytishingiz shart emas. Natijalarimiz ham, o‘yinimiz ham etarlicha yaxshi emas. Endi biz o‘zimizning eng yaxshi tomonimizni ko‘rsatishimiz va bu murakkab vaziyatdan chiqish yo‘lini topishimiz kerak.

Ishonchim komil, bu kiyinish xonasidagi har bir futbolchi vaziyatning naqadar og‘irligini yaxshi tushunadi. Biz barchamiz bor kuchimizni ishga solib, bu holatni o‘zgartirish uchun mehnat qilyapmiz.

Hech kimga bu holat yoqmayapti, lekin men bu jamoaning xarakteri va salohiyatiga to‘liq ishonaman. Har kuni ularning mehnatini va qaysarligini ko‘rib turibman. Endi maydonda bularning barchasini ko‘rsatishimiz shart. Har bir kishi, jumladan men ham, o‘zini to‘liq berishi lozim", — dedi van Deyk.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!