Van Deyk: "Hakam nimani qaror qilganini o‘zi ham tushunmagan, deb o‘ylayman"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Brentford"ga qarshi 9-turdagi uchrashuvda (2:3) sodir bo‘lgan bahsli penalti haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv haqida:
"Bu erdagi mag‘lubiyat juda alamli. Biz raqibning kuchli tomonlarini ham, nima qilishlarini ham yaxshi bilardik. Ular sifati yuqori jamoa ekanini hisobga olganda, biz ideal o‘yin namoyish etishimiz kerak edi. Umuman olganda, bu kecha biz uchun noxush tugadi. Buni qabul qilish qiyin, ammo hayot davom etadi".
Penalti haqida
"Bilmayman. Hakam "to‘p chiziq ustida edi" dedi, ammo belgilangan nuqta jarima maydonidan ikki metr narisida bo‘ldi. Rostini aytsam, nimalar bo‘layotganini tushunmadim. Oxiri u penalti tayinladi, bu esa, albatta, xursand qilmadi", – dedi mersisaydliklar sardori "TNT Sports"ga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, 59-daqiqada van Deyk o‘z jarima maydoni chegarasida raqib futbolchisi Dango Uattarani to‘xtatdi. Hakam Tim Robinson avvaliga jarima zarbasi tayinladi, ammo yordamchilari fol "Liverpul"ning jarima maydoni ichida bo‘lganini bildirishdi. VAR bilan suhbatdan keyin Robinson video-qaytarishni ko‘rmasdanoq penalti belgiladi.



Fikrlar