
Van Deykning jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqdi
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Brentford"ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. U ikkinchi taymda zaxiraga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining jarohati kutilganidan jiddiy bo‘lib chiqqan. Uning bugun shifokorlar bilan tekshiruv jarayonida qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, Virjil kamida 1-2 haftani o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Brentford"ga qarshi o‘yinda "qizillar" 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. "Liverpul"ning yagona golini Aleks Oksleyd-Chemberlin kiritdi.
Fikrlar