Varan: "Men ularning loyihasi o‘ziga xos ekanligini sezdim"

  • 29 iyul, 2024, 10:56
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Rafael Varan Italiyaning "Komo" klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Avvaliga loyiha nima haqida ekanligini bilishga qiziqdim. Keyin darhol bu menga bo‘lgan takliflardan farqli o‘laroq, o‘ziga xos ekanligini ko‘rdim. Men yuqori saviyada o‘ynashda katta tajribaga egaman, shuning uchun endi men bu bilimlarni baham ko‘rib va klubga o‘z o‘rnini topishiga yordam bera olaman. Bu juda hayajonli, - deya Varanning so‘zlarini keltiradi "Komo" matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik himoyachi erkin agent sifatida "Manchester Yunayted"dan "Komo"ga o‘tdi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Varanni 20 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!