Varan Messiga qarshi qanday o‘ynash kerakligini aytdi

  • 18.12.2019 22:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan bugungi “el-klasiko” oldidan "Barselona" forvardi Lionel Messini qanday to‘xtatish mumkinligi borasida gapirib o‘tdi.

“Messi bu alohida futbolchi. Siz unga boshqa futbolchilarga nisbatan himoyalanganingiz singari himoyalana olmaysiz. U o‘ziga xos xususiyatlarga ega. U raqib himoyachilarining e’tiborini o‘ziga qaratadi. Uning harakatlanishi uchun imkon qadar kam joy qoldirib, unga qarshi jamoaviy himoyalanish kerak”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Messi faoliyati davomida “Real”ga qarshi 36 ta o‘yinda maydonga tushgan va 24 ta gol urishga erishgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” – “Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!