Varan "Real" rahbariyatiga jamoadan ketmoqchiligini aytdi

  • 01.04.2019 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi himoyachisi Rafael Varan yozda jamoadan ketmoqchi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi o‘zining ushbu istagini  “qirollik klubi” rahbariyatiga ham ma’lum qilgan. Unga “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublaridan jiddiy qiziqish bor. Ta’kidlash kerakki Varanning transferi 100 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Varan “Real” safida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol urishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!