Varan uchun APLning yana bir grandi kurashga qo‘shildi

  • 17 aprel, 2021, 10:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid himoyachisi Rafael Varan uchun Angliya premer-ligasining yana bir klubi kurashga qo‘shildi.

Tecno

Bild nashri muxbiri Kristian Falkning xabar berishicha, 27 yoshli frantsuzni "Chelsi" ham o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Uni shaxsan "aristokratlar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Bundan avvalroq Varanga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Aytish kerakki, Rafaelning “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Shu bois “Real” uni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ham yozda sotib yuborishi mumkin.

Rafael Varan joriy 2020/2021 yilgi mavsumda La Ligada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda raqib darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!