Varan uchun Evropaning 4ta grandi kurash olib bormoqda

  • 27.03.2019 22:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan Evropa grandlarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli frantsuz futbolchisi uchun "Manchester Yunayted", "Bavariya", PSJ va "Yuventus" kurash boshlagan. Ta’kidlash kerakki, ushbu transfer taxminan 100 million evroga tushishi mumkin.

Esltib o‘tamiz, bundan avvalroq Varan mavsum yakunlangach “Real”dan ketmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, keyinchalik uning o‘zi ushbu xabarlarni inkor etdi.

Ma’lumot uchun, Varan joriy mavsum “Real” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!