
Varan yozda "Real"dan ketmoqchi
"Real" himoyachisi Rafael Varan mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Nashrning yozishicha, futbolchi Angliya Premer-ligasida o‘ynashni istaydi va buni faoliyatining oxirida emas, balki eng gullagan paytida amalga oshirmoqchi. Shu sababli, Varan "Real" bilan 2022 yil yozigacha tuzilgan shartnomani uzaytirmoqchi emas. “Qirollik klubi” esa futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ham shu yoz uni sotishi kerak.
27 yoshli Varan joriy mavsum “Real” safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar