
Varanning "Real"dan ketishi deyarli aniq bo‘ldi
"Real"ning frantsiyalik himoyachisi Rafael Varan klubni tark etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Yuqoridagi manbaning xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi “qirollik klubi” bilan bir yildan so‘ng tugaydigan amaldagi shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan. Endi "Real" Varanni kelasi yil tekinga qo‘yib yubormaslik uchun uni shu yozda sotishi kerak bo‘ladi.
Varan uchun asosiy da’vogar "Manchester Yunayted" hisoblanadi. Mankunianliklar Rafael uchun “Real”ga 45 million evro taklif qilishmoqda. Madridliklar esa 60 million olishni istamoqda, ammo boshqa xaridor chiqmasa ular baribir narxni pasaytirishga majbur bo‘ladi.
Varan mankunianliklar bilan yiliga 12 million evro maosh oladigan shartnoma borasida kelishib olgan. Taqqoslash uchun, "Real" unga yiliga etti million evrolik maosh taklif qildi.
Fikrlar