Vasiliy Lomachenko Jervonta Devis va Rayan Garsiya jangida kim g‘alaba qozonishini tahmin qildi

  • 21 fevral, 2023, 16:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN
Professional boksning 3 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ukrainalik Vasiliy Lomachenko 15 aprel kuni AQShning Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan ikki mashxur bokschilar Jervonta Devis va Rayan Garsiya o‘rtasida to‘qnashuv borasida o‘z fikrini bildirdi. 
 
"Oldin ham aytib o‘tganimdek, bu juda qiziqarli jang bo‘ladi. Jangchilar qanchalik tayyor bo‘lishiga ko‘p narsa bog‘liq. Ular bahsga 100 foiz tayyorgar bo‘lishsa, bu juda juda qiziqarli va har ikkalasi uchun ham qiyin jang bo‘ladi, chunki ular boksni yaxshi tushunadi. 
 
O‘ylashimcha, Jervonta Devis g‘alaba qozonadi. Chunki u texnikaliroq, kuchi va tezligi bor hamda ringda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. U har doim o‘zidan katta jussalilar bilan jang qilgan. 
 
O‘ylashimcha Devis Garsiyani to‘xtatadi",-deydi Lomachenko bir guruh jurnalistlarga bergan intervyusida.
 
Eslatib o‘tamiz, Lomachenkoning o‘zi may oyida engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Devin Heyniga qarshi ringga ko‘tarilishi reja qilingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!