
Vasiliy Lomachenko raqibi Teofimo Lopesga o‘ziga xos javob qaytardi
Engil vazn toifasida WBC Franchise, WBA va WBO chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko IBF chempioni Teofim Lopesga qarshi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Teofimo Lopes istagan narsasini gapira oladi. U gapirish bo‘yicha benazir. So‘nggi ikki yil ichida u mening ismimni aytishdan boshqa hech narsa qilmadi. Men jangchiman va maqsadim yana bir chempionlik kamarini qo‘lga kiritish. Teofimo uchun bu yaxshi jang bo‘ladi. Las-Vegasda to‘qnash kelganimizda, u mening zarbalarimga qo‘shib, “o‘z so‘zlari”ni ham eydi. O‘sha kuni yaxshiroq bo‘laman va to‘rtta chempionlik kamari ham men bilan birga Ukrainaga ketadi”, - dedi Vasiliy Lomachenko.
Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes jangi 17 oktyabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi!
Fikrlar