
Vasiliy Lomachenko va Devin Xeyni jangdan avval ilk bora to‘qnash kelishdi (Video)
Xabaringiz bor, 20 may kuni AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi.
Mazkur kechaning asosiy to‘qnashuvi engil vazn (61,2 kg) toifasida mutlaq chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi.Unda amaldagi chempion AQSh vakili Devin Xeyni (29-0,15 KO) ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga (15-2,11 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu kechaning media tadbirlari allaqachon boshlanib ketdi.
Ikki bokschi jangdan avval ilk bora ro‘baro‘ kelishdi. Quyida, ushbu tadbirdan lavhani e’tiboringizga havolga etamiz.
Fikrlar