
Vaskes "Real"ga shart qo‘ymoqda
“Real” yarim himoyachisi Lukas Vaskes jamoa rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Goal nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi rahbariyatga shart qo‘ymoqda. Lukas maoshi sezilarli tarzda oshirilgan taqdirdagina yangi shartnomaga imzo chekadi.
Vaskes joriy mavsum La Ligada 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar