Vaydenfeller Dembeleni nonko‘rlikda aybladi
Dortmundning "Borussiya" klubi darvozaboni Roman Vaydenfeller o‘tgan yoz "Barselona"ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Usmon Dembeleni tanqid ostiga oldi.
“Borussiya” – ajoyib jamoa, uni shunchaki tark etib bo‘lmaydi. 19 yoshli Dembele o‘zini Dortmunda ko‘rsatdi. Aynan shu erda u “Barselona” skautlarining nazariga tushdi. U insoniylik tamoyillaridan chetga chiqdi va mashg‘ulotlarga kelishdan bosh tortdi. Mening nazarimda bu tarbiya ko‘rmaganlikning oqibati”, - deydi tajribali posbon.
Eslatib o‘tamiz, Dembele “Barselona”ga o‘tish uchun dortmundliklar rahbariyati bilan mojaro keltirib chiqargan va buning ortidan mashg‘ulotlarga kelishdan bosh tortgan edi.



Fikrlar