
Vegxorst tovon pulini o‘zi to‘lamoqchi
“Manchester Yunayted” “Beshiktosh”da ijarada to‘p tepayotgan Vaut Vegxorstni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Hujumchi Angliyaga qatishga tayyor, lekin futbolchining transferi klubiga bog‘liq va jamoasi hali uni qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani yo‘q.
Niderlandiyalik esa o‘z transferi uchun o‘zi harakat qilishni boshladi. Turkiyaning “Spor” nashri xabar berishicha, Vegxorst tovon pulini o‘zi to‘lashga tayyor.
30 yoshli fhujumchi asli “Byornli” futbolchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumni u Premer-Ligada o‘tkazgandi.
Fikrlar