
Venger "Arsenal"ni boshqargan paytlarda unga qaysi jamoalardan takliflar bo‘lganini aytdi
Frantsiyalik mashhur murabbiy Arsen Venger “Arsenal”ni boshqargan paytlarida unga Evropaning ko‘plab grand klublaridan takliflar bo‘lganini aytib o‘tdi.
“O‘sha yillarda meni “Real”ga taklif qilishdi, ammo men ikki marta ularning taklifini rad etdim. “Yuventus”, PSJ, Angliya terma jamoasi, Frantsiya terma jamoasi...Ammo men “Arsenal”ga sodiq qoldim va bu to‘g‘ri qaror edi”, - deydi Venger.
Ma’lumot uchun, Venger “Arsenal”ni 1996-2018 yillarda boshqardi. Ushbu vaqt mobaynida “kanonirlar” 3 marta Angliya chempioni bo‘lishdi va 7 martadan Angliya kubogi hamda Angliya liga kubogini qo‘lga kiritishdi.
Fikrlar