Venger: Men haqimda ko‘p gapirmanglar
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Angliya kubogidagi quyi liga vakili "Linkoln Siti"ni qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratganidan keyin o‘zini tinch qo‘yishlarini so‘radi.
- Yaqinda Evropa chempionlar ligasida hammaning hafsalasini pir qilgan edik, - dedi Arsen Venger. - Endi vaziyatni o‘zgartirdik. Biz Angliya kubogi finalida o‘ynash uchun "Uembli"ga bormoqchimiz. Endi Men haqimda ko‘p gapirmanglar. Men boshqalarga ishimni baholashi uchun imkoniyat beraman. Lekin doimo o‘z ishimga bor e’tiborimni qaratishga harakat qilib kelganman.

Shuningdek, Arsen Venger "Linkoln Siti" jamoasi unda iliq taassurot qoldirganini va bu klub muvaffaqiyatga erishishga qodirligini ham alohida ta’kidladi.

Fikrlar