Vera Zvonaryova ham muvaffaqiyatga erishdi

Rossiyalik tennischi Vera Zvonaryova Indian-Uells shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning saralash bahslarini g‘alaba bilan boshladi.

Vera ushbu bosqichda hamyurti Irina Xromachyovani dastlabki setda 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi setda raqibiga bor yo‘g‘i uch geymni boy berdi.

Endi "BNP Paribas Open" turniri saralashining ikkinchi davrasida Zvonaryova amerikalik Kristina MakXeylni sinovdan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!