
"Vest Xem" Lukaku va Anderson uchun 60 mln sarflamoqchi
"Latsio" klubi ikki futbolchisi Felipe Anderson va Jordana Lukaku faoliyatini Angliyaning "Vest Xem" klubida davom etirishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha, ushbu ikki transfer uchun italiyaliklar 60 million evro daromad topishi mumkin. Avvalroq, "Latsio" rahbariyati Andersonning ko‘chib o‘tishini 50 million evro evaziga amalga oshirishga tayyor ekanligini aytib o‘tishgan, biroq angliyaliklar ikki futbolchini sotib olish uchun 60 million evro taklifi qilishgan. Ushbu variant ikkala tomonni ham qoniqtirdi.
Ma’lumot uchun, "Latsio" 2016 yilda "Santos" yarim himoyachisi Filipeni 7,5 million evroga sotib olgan, Lukakuni esa "Ostenda" klubidan 4 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan.
Fikrlar