"Vest Xem" to‘purari Odil Ahmedovning jamoadoshiga aylandi

  • 6 iyul, 2019, 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Londonning "Vest Xem" klubi forvardi Marko Arnautovich faoliyatini Xitoyda davom ettiradigan bo‘ldi.

Sky Sports nashrining yozishicha 30 yoshli avstriyalik futbolchi hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan "Shanxay SIPG" klubi safiga borib qo‘shiladi. “Bolg‘achilar” esa uni xitoyliklarga 25 mln evroga sotishga rozi bo‘lishgan. Bu boradagi rasmiy xabar tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Arnautovich o‘tgan mavsum APLning 28ta uchrashuvida ishtirok etdi va 10ta gol hamda 4ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!