Vetnam U-23 bosh murabbiyi: "Yigitlar bosim his qilmoqda"

  • 2 iyun, 2022, 17:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun soat 20:00 Tailand U-23 hamda Vetnam U-23 terma jamoalari o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs oldidan Vetnam olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Gong Ox-Kyun bellashuv oldidan qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Bilaman, yigitlar bosimni his qilmoqda. Biroq ular mashg‘ulotlar paytida bor kuchi bilan harakat qilmoqda. 

4 yil oldin Vetnam tarkibi rostan kuchli edi. Bu safargisi ham qolishmaydi. 

Tailandning tarkibi deyarli to‘liq o‘zgarishga uchradi. Men bundan xavotirlanmayman. Muhimi, o‘z shogirdlarimga ishonaman. 

Murabbiy ham janubi-sharqiy Osiyo o‘yinlaridan keyin o‘zgargan. Demak, ularning o‘yin uslubi ham avvalgidek bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!