Vetnam ustozi: "Raqibning qarorlarini muhokama qilmayman"

  • 2 iyun, 2022, 23:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ayni vaqtda yurtimizda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi turniri davom etmoqda. 1-turdan o‘rin olgan Tailand - Vetnam bahsi bo‘lib o‘tdi va unda 2:2 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan so‘ng har ikkala jamoa murabbiylari matbuot anjumanida ishtirok etdi. Quyida Vetnam ustozi Gong Kyun o‘z fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

- Bugungi o‘yinda futbolchilarim borini berib harakat qilishdi. Ushbu bahs boshqa uchrashuvlardan farq qiladi. Bu boshqacha uchrashuv bo‘ldi. 

- Tailand birinchi bo‘limda o‘z rejasini o‘zgartirishga harakat qildi. Bu almashtirishlar ularning qarori, men esa faqat o‘z jamoamga javobgarman. 

- Yo‘qotishlar jamoaning o‘yiniga ta’sir qilgani bor gap. Shunday bo‘lsa-da, bor futbolchilar bilan qo‘ldan kelgancha harakat qildik va ularning o‘yinidan ko‘nglim to‘ldi. 

- Darvozabonning xatosini bilintirmaslikka harakat qildik va ikkinchi bo‘limda ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdik. 

- Keyingi bahs Janubiy Koreyaga qarshi bo‘lib o‘tadi. Koreyslar juda kuchli va ushbu bellashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz. O‘ylaymanki, shogirdlarim bu bahsda ham yaxshi natija ko‘rsata oladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!