
Villian "Chelsi"da 40 yoshigacha qolmoqchi
"Chelsi" vingeri Villian londonliklar tarkibida uzoq yillar to‘p surish niyatida ekanligi haqida aytib o‘tdi.
"Bu klubni juda yaxshi ko‘raman, bu xech kimga sir emas. Imkoniyat bo‘lsa, 40 yoshimgacha "Chelsi"da qolgan bo‘lar edim, ammo futbolda bunday bo‘lmaydi.
Men "Chelsi"da qolmoqchiman, qarorni bir o‘zim qabul qilmayman. Oilam bilan bu mavzuni muhokama qilib bo‘lganmiz.
Ammo hozir faqat qolish niyatida ekanligimni aytishim mumkin, ortig‘ini emas", - deydi Villian.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum yakunida Villianning klub bilan shartnomasi yakunlanadi va u erkin agent sifatida "Chelsi" safni tark etishi mumkin.
Fikrlar