Villian: “Chelsi”da uzoq yillar qolmoqchiman

  • 5 mart, 2018, 17:47
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachisi Villian uzoq yillar davomida amaldagi klubi safida qolishni va yangi shartnoma tuzishni istamoqda.

“Asosiy maqsadim “Chelsi”da qolish. Agar klubdagilar boshqa fikrda bo‘lsa, o‘zim uchun yangi jamoa izlashim kerak. Lekin Londonda uzoq yillar qolmoqchiman, yangi shartnoma imzolamoqchiman. 5 yildan buyon shu erda to‘p suraman va bir qator mukofotlarga ega chiqqanman. Muxlislar mehrini doimo his qilaman”, – dedi Villian.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchining “Chelsi” bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning yoziga o‘z yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!