Villian Neymar o‘rniga Braziliya terma jamoasiga chaqirildi

  • 7 iyun, 2019, 22:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Villian Amerika kubogi-2019 da ishtirok etish uchun Braziliya terma jamoasiga chaqirildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra Villian terma jamoa safida jarohat olgan Neymarning o‘rnini to‘ldiradi. Ta’kidlash kerakki, PSJ forvardi Qatarga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida to‘pig‘idan jiddiy jarohat olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi musobaqasi 14 iyundan 7 iyulgacha Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Mezbonlar “A” guruhida Venesuela, Peru va Boliviya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!