Villianga "Yuventus"ga o‘tishni maslahat berishmoqda

  • 12.11.2019 22:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Shaxtyor" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku Donetsk klubidagi sobiq shogirdi Villianga "Yuventus"ga o‘tishni maslahat berdi.

“Villianning “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanib bormoqda. Uning uchun jamoani o‘zgartirish yaxshi bo‘lgan bo‘lardi. Shaxsan men Villian uchun “Yuventus” eng ideal variant deb hisoblayman”, - deydi Luchesku.

Eslatib o‘tamiz, Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “aristokratlar” safini erkin agent sifatida tark etishi va istagan jamoasiga o‘tishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli braziliyalik futbolchi “Chelsi” safida 2013 yildan buyon “Chelsi”da to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!