Viloyat hokimi "Nasaf" jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

  • 24 avgust, 2024, 00:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov va "Sho‘rtan gaz-kimyo" majmuasi bosh direktori Shuhrat Aslanov "Nasaf" futbol klubi qarorgohiga kelib futbolchi va murabbiylar bilan uchrashdi.

Tecno

Murotjon Berdialievich jamoa Superligada karvonboshilik qilayotganini va bu shijoatni mavsum oxirigacha ushlab qolish kerakligini, Qashqadaryo xalqi Superliga chempionligini kutayotganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, jamoada tashkiliy masalar bo‘yicha hech qanday muammo bo‘lmasligi aytib o‘tildi.

"Nasaf" prezidenti Shuhrat Chorievich ham jamoaga bo‘shashmaslikni, futbolchilar bu vazifani uddalay olishini va klub yangi tarix yozish arafasida turganini e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar ortda qolgan 16 tur natijasiga ko‘ra 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Ajdarlar" 25 avgust kuni Qarshida Andijonning "Andijon" jamoasini qabul qiladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!