
"Vilyarreal" yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
UEFA Chempionlar ligasi “F” guruhining 3-turida “Vilyarreal” safarda “Yang Boyz” mehmoni bo‘ldi.
Gollarga boy kechgan o‘yin yakunda 1:4 hisobida ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Vilyarreal”ga g‘alaba keltirgan gollarni Yeremi Pino (6'), Jerar Moreno (16'), Alberto Moreno (88') va Samuel Chukvueze (90+2') kiritgan bo‘lsa, “Yang Boyz” safida Meshak Elia (77') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar