Vinisius Anchelottini faoliyatidagi eng yaxshi murabbiy deb atadi

  • 11 oktabr, 22:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik futbolchi kechagi Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (5:0) gol urdi. Karlo Anchelotti qo‘l ostida — ham "Real"da, ham Braziliya terma jamoasida — Vinisius 92 ta gol urib, 60 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Tecno

"Hech ikkilanmasdan ayta olaman: U men bilan ishlagan eng yaxshi murabbiy. U menga hamisha ishongan va uning qo‘l ostida men eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatganman. Terma jamoa safida ham u bilan 3 ta o‘yinda 2 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdim.

U bilan erishgan rivojim aniq ko‘rinib turibdi. Shu ruhda davom etib, Jahon chempionatida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatishga umid qilaman", — dedi Vinisius.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!