
Virjil Ortis Isroil Madrimov haqida nimalar dedi?
Amerikalik taniqli charm qo‘lqop ustasi Virjil Ortis bokschimiz Isroil Madrimov ustidan qozongan g‘alabasi haqida gapirdi.
“Jang kechagidek yodimda. Isroil g‘alaba uchun juda ko‘p harakat qildi, lekin kuchli zarbalarini yo‘llay olmadi. Shuningdek, u men kabi bosim bilan ishlamadi. Garchi dastlabki raundlar men istagandek kechmagan bo‘lsa-da,keyingi raundlarda men o‘z rejamni amalga oshirishni uddaladim” - dedi Ortis.
Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni o‘tkazilgan bahsda Madrimov ochkolar bo‘yicha Virjilga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Fikrlar