Virjil van Deyk Turkiyaga yo‘l olishi mumkin
"Liverpul" hamda Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
"Sporx" nashri tarqatgan ma’lumotga koʻra, 34 yoshli markaziy himoyachiga "Galatasaroy" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Istanbul grandi yozgi transferlar oynasida futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.
Niderlandiyalik futbolchi 2018 yil yanvaridan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yil oʻrtalariga qadar moʻljallangan.
Manbaga koʻra, himoyachining transfer qiymati hozirda 18 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joriy Angliya Premyer-ligasi mavsumida van Deyk 35 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda himoyachi 4 ta gol urdi va 4 marta sariq kartochka oldi.

Fikrlar