Virts Saloҳning shov-shuvli bayonoti haqida: "Men bu fikrlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman demayman"
"Liverpul" hujumkor yarim himoyachisi Florian Virts Muhammad Salohning ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi bayonoti haqida fikr bildirdi.
Misrlik hujumchi "Liverpul" yana raqiblar qo‘rqadigan kuchli hujumkor jamoaga aylanishini istashini aytgan edi.
"Mo klubni allaqachon yaxshi biladi. U shunchaki halol inson va o‘ylaganini aytadi. Bu — normal holat. Agar fikr bildirishni istasang, bunga haqqing bor.
Albatta, bu mavsum hammamiz uchun og‘ir kechmoqda, jumladan Saloh uchun ham. Menimcha, uning so‘zlari atrofida ortiqcha shov-shuv ko‘tarildi. U hech kimni ayblashni istamagan.
Men bu fikrlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman demayman, ammo Moʼning mentaliteti, voqealarga qarashi va ishlash uslubi menga yoqadi. U ko‘p narsani ko‘rgan, shuning uchun uni tinglash kerak.
Boshqa futbolchilarning layklari bilan bog‘liq vaziyat ham haddan tashqari kattalashtirildi. Menimcha, u klubdagilarning barchasini sergak torttirmoqchi bo‘lgan", — dedi Virts.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh joriy mavsum yakunlangandan keyin "Liverpul"ni tark etadi.

Fikrlar