Vitaliy Levchenko: "So‘nggi daqiqalarda xato qilib, ochko yo‘qotyapmiz"

  • 08.05.2023 08:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Neftchi» (2:2) uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bugun ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni xohladi. Ammo qaerdadir, nimadir etishmadi. Shunday ekan, durang adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman.

Biz Ramazon oyida ham ochko yo‘qotdik, so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordik. Barchasi, ruhiy holatga bog‘liq. Futbolni 90 daqiqa, soniyalargacha o‘ynash kerak. Shunda muammo bo‘lmaydi.

Albatta, futbol xatolarsiz bo‘lmaydi. Ayniqsa, uchrashuv so‘nggida xato qilyapmiz. Bugun ham birinchi bo‘lim, ham ikkinchi bo‘lim so‘nggida gol o‘tkazib yubordik. E’tiborni yo‘qotmasdan harakat qilish lozim. So‘nggi uchta bahsni barchasida so‘nggi daqiqalarda xato qilib, ochko yo‘qotyapmiz.

«Surxon» jamoasi yosh, tezkor futbolchilardan shakllangan. Jamoa kuchli pressing amalga oshiradi. Ayniqsa, hujumdagi Nimelini alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Raqibni o‘rganib chiqib, ularga bo‘sh hududlar qoldirmaslikni ta’kidlagan edim.

Murod Bobojonov nimaga maydonga tushmayapti? Futbolchilarning ko‘rsatkichlarini aniqlaydigan va tahlil qiladigan maxsus dasturlar mavjud. Aynan ushbu dastur natijalariga ko‘ra, u tarkibga kira olmayapti.

Lutfulla To‘raev haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u tajribali futbolchi va jamoamiz sardori. Unga biroz vaqt kerak. «Andijon» bilan kechgan o‘rtoqlik o‘yinida bir taym harakat qildi. Tez orada sport formasiga kirib olishiga ishonaman”, – dedi Levchenko.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
08/05/2023 08:46
Ха хуп шуни билаётганларингга хам рахмат аммо буни олдини олиш чораларини куриш ва амалда тугри фойдаланиш керак негаки тошкентлик судья ва об-хавони бахона киладиган Шацких жаноби олийлари лулиларча водий командаларини синдириш планларини аллакачон тузиб булган булса мана энди эски НЕФТЧИни уйинларини кура бошладик ютказиш нималигини билмай турнирларни утказиб келган эди мана ВИТЯЖОН сен хам уша НЕФТЧИни ОЛОВЛИ ЖАНГАВОР йилларини эслатиб командани карвонбоши килиб олиб юрибсан омад ёр булсин факат олдинга ва олга босинглар