Vladimir Klichko "Fyuri – Joshua" o‘rtasidagi ehtimoliy jang g‘olibini aytdi

  • 22 avgust, 2024, 16:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Tez orada Entoni Joshua va Tayson Fyuri ringda to‘qnash kelishi kutilmoqda. Fyuri, o‘z navbatida, Aleksandr Usik bilan revansh jangida kamarlarini qaytarib olishga harakat qiladi. Ular to‘rtta jahon chempionligining uchtasi uchun kurashadi. Agar Joshua va Fyuri navbatdagi janglarida g‘alaba qozonsa, 2025 yilda ringda uchrashishi mumkin. G‘olib og‘ir vazn toifasida mutlaq chempionga aylanadi.

Ikkala jangchi bilan jang qilgan Vladimir Klichko Joshuaning g‘alabasiga ishonmoqda:

 "Entoni g‘alaba qozonadi. U ajoyib jangchi. Texnik jihatdan, gavdasi, vazni, kuchi bo‘yicha raqibidan ustun", – dedi Klichko.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!