Vlado Radmanovich: "Va’da beraman, yana Eron bilan to‘qnash kelsak, bu safar butkul boshqacha o‘yin namoyish etamiz!"

  • 20 iyun, 2023, 00:04
  • 1
  • Futbol

"CAFA Nation's Cup" turniri hal qiluvchi final o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Eronni : hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston termasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich ishtirok etdi. 

"Hammaga xayrli kech! Biz kuchli raqibga qarshi o‘ynadik. Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo gol urishni eplay olmadik. 

O‘yindan oldin qanday bo‘lishini kutgan bo‘lsak, bahs shu tarzda bo‘lib o‘tdi. Raqib o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalana oldi. Yana bir bor Eronga qarshi o‘ynaydigan bo‘lsak, bu safar yaxshiroq o‘ynaymiz, deb umid qilaman. 

Bizda yo‘qotishlar bor edi va bu musobaqada o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. Aliqulov, Ashurmatov bizning asosiy tarkib futbolchilarimiz edi. Ularning o‘rnida yarim himoyachi bo‘lgan Abdullaev hamda qanot himoyachisi Nasrullaev harakat qildi. 

Har doim har kimda imkoniyat bo‘ladi. Raqib qit’aning eng kuchli termalaridan biri hisoblanadi. Ammo biz ularga qarshi kuchsiz o‘yin namoyish etdik, deya olmayman. Osiyo kubogida Eron bilan to‘qnash keladigan bo‘lsak, men sizga va’da beramanki, bugungi o‘yindan butkul boshqacha harakat qilamiz. 

Abbos hujumkorligi bilan bizga yordam berishi ko‘zda tutilgandi. Biz tavakkal qilishga majbur edik va himoyachi o‘rniga hujumkor futbolchi maydonga tushirdik. 

Saviyali raqiblar bilan o‘yinlar tashkil etish masalasi bo‘yicha men emas, assotsiatsiya javob bergani ma’qul. Kuchli raqib bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilsa, biz faqat va faqat xursand bo‘lamiz. Osiyo kubogi oldidan kuchli terma jamoalarga qarshi maydonga tushishimiz lozim. 

Uch himoyachi bilan o‘ynaganda, qanotlar faol bo‘ladi va hujumchiga qulaylik yaratadi. Agar siz 2 himoyachi bilan o‘ynasangiz, markazda ustunlikka ega bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda, taktik sxemalar borasida soatlab gapirishimiz mumkin. Nazariy tomonlama siz qanchalik kuchli mutaxassis bo‘lmang, amalda bu narsalar o‘xshamasa, bari bekor", - dedi mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Анвар Ширинов
21/06/2023 14:26
Endi kattaroq hisobda yutqizishga harakat qilinglar, biz ham oxirigach kutib asab bo‘lib o‘tirmaymiz!